«maktabgacha ta’lim vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi
31 yanvar 2023, 16:04

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

Usman Sharifxodjayev O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev va Uzokboy Begimkulov esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Alisher Ubbiyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga rahbar bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 10 oyda 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
14 dekabr 2022, 17:08

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 10 oyda 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

10 oy davomida Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 380 ta korrupsion holat aniqlandi, natijada 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 200 taga yaqin holat ish haqi, rag‘batlantirish, qimmat narxlarda davlat xaridlarini amalga oshirish, qurilishga ajratilgan pullarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi
11 noyabr 2022, 18:01

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi

Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklagan er ertasi kuni uni o‘ldirib qo‘ydi
26 avgust 2022, 16:36

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklagan er ertasi kuni uni o‘ldirib qo‘ydi

Quyi Chirchiq tumanidagi bog‘chada o‘z xotinini kaltaklagan erkak keyinchalik uni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuratura jinoyat rashk sabab sodir etilganini aytmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘z joniga qasd qilgan tadbirkorning singlisi akasi vafotining ehtimoliy sabablari haqida gapirdi
29 iyul 2022, 12:46

O‘z joniga qasd qilgan tadbirkorning singlisi akasi vafotining ehtimoliy sabablari haqida gapirdi

Andijon viloyatida «Bo‘z Iqbol chorvasi» kompaniyasi rahbari daraxtga osilgan holda topildi. Singlisining aytishicha, u bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan va muassasalar qarzlarini to‘lamagani uchun o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi holatga izoh berdi.

9 oy davomida bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan
15 oktabr 2021, 12:16

9 oy davomida bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2,4 mlrd so‘m mablag‘ tashkilotlarda aslida ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi bo‘lib chiqqan.

Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi
25 avgust 2021, 12:00

Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Moliya vazirligi tomonidan 6 oy davomida o‘tkazilgan 3480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘mlik byudjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklari kamomadi aniqlangan. Shundan eng ko‘p qonunbuzilish Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlandi
13 avgust 2021, 09:28

Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar zaharlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida, 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan va 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Bolalar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra botulizm tashxisiga gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
7 iyul 2021, 21:22

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Maktabgacha ta’lim vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
5 iyun 2021, 11:55

Maktabgacha ta’lim vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib Baxodirjon Onorboyev tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlagan Kahramon Olimov esa boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda. Vazirning yana bir o‘rinbosari ham o‘zgargan.

Maktabgacha ta’lim vaziri “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi
4 iyun 2021, 19:19

Maktabgacha ta’lim vaziri “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.

«Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz» — maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari
18 noyabr 2020, 13:30

«Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz» — maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar savoliga javob berib bo‘lgach, mikrofonini o‘chirishni esdan chiqargan maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yuldashev: «Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz», — dedi. Vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi
9 noyabr 2020, 14:49

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Davlat maktabgacha ta’lim muassalarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Toshkentda raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish taklif qilinmoqda.

Ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bolalar bog‘chasi tarbiyachilari haqidagi xabarga izoh berildi
31 oktabr 2020, 18:19

Ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bolalar bog‘chasi tarbiyachilari haqidagi xabarga izoh berildi

So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu masalaga MTV matbuot anjumanida aniqlik kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting